Davlat mukofotlari topshirildi

14:50 28 Avgust 2025 Jamiyat
90 0

Mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmonlariga asosan Xorazm viloyatidan ham davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Bayram arafasida ushbu mukofotlar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi. Urganch shahrida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida viloyat hokimi Joʻrabek Raximov mukofotlanganlarni yuksak eʼtirof bilan samimiy qutladi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar bunday eʼtibor va ragʻbat uchun davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorligini izhor etib, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida yanada gʻayrat va shijoat bilan mehnat qilishini bildirdi.

— Hayot tajribamizda koʻrib, guvoh boʻlib kelyapmizki, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi uchun mehnat qilgan odam hech qachon kam boʻlmaydi, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va tarjimon Boltaboy Bekmatov. — El-yurt manfaati uchun zahmat chekkan, halol va vijdonan ishlagan insonning xizmatlari, albatta, ragʻbat va eʼzoz topadi. Mening ham kamtarona mehnatlarim yuksak baholanib, Mustaqillik bayrami arafasida “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. Bu eʼtibor menga yanada ilhom beradi, yangi ijodiy izlanishlarga undaydi. Ilohim, yurtimiz tinch, mana shunday shodiyonalar, quvonchli kunlarimiz koʻp boʻlsin! Mustaqilligimizning 34-yilligi barchamizga muborak boʻlsin!

Odilbek ODAMBOYEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер