Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati aholi tomonidan baholanadi
Hukumat qarori (792-son, 16.12.2025-y.) bilan “Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini aholi tomonidan baholash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Nizomga koʻra, quyidagilar vakolatli organlarning davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati va samaradorligini aholi tomonidan baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
- xizmat koʻrsatish sifati;
- xizmatning oʻz vaqtida koʻrsatilgani;
- xizmatdan foydalanish imkoniyati.
Shuningdek, baholovchi davlat xizmatidan foydalanganidan soʻng maxsus QR-kodni skaner qilib, belgilangan mezonlar asosida 1 dan 5 gacha oʻz bahosi va fikrlarini qoldirishi mumkin boʻladi.
Qoldirilgan 3 yoki undan past baho hamda salbiy fikrlar davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida vakolatli organlar hamda Adliya vazirligiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Bunda mazkur holatlarga sabab boʻlayotgan shart-sharoitlar vakolatli organlar tomonidan oʻrganilib, ularni bartaraf qilish choralari koʻriladi.
Bundan tashqari, baholash natijalari yaxshilanishiga erishilmaganda, Adliya vazirligi tomonidan masʼul xodimlarni davlat xizmatlari koʻrsatishdan chetlashtirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha vakolatli organga taqdimnoma kiritiladi.
Baholash natijalariga koʻra davr, vakolatli organ va hududlar (viloyatlar va tuman (shahar) kesimida reyting shakllantirilib, har chorak, yarim yil va yil yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar YAIDXPda eʼlon qilib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring