Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibi belgilandi
“Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–397-son, 30.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, 2026 moliya yilida:
- Davlat byudjeti daromadlari boʻyicha choraklik prognoz koʻrsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan daromad manbalari hamda hududlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
- prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlangandan soʻng 3 ish kunida tuman va shaharlarning byudjet daromadlari boʻyicha daromad manbalari hamda choraklar kesimidagi prognoz koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi;
- yuqorida belgilangan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.
Shuningdek, 2026-yildan kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring