Daraxtlarni kesish ortidan huquqbuzar 24 million soʻm jarima toʻlaydi

18:20 03 Sentyabr 2025 Jamiyat
121 0

Bugungi kunda yurtimizda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy qilinib, tegishli ruxsatlarsiz daraxtlarni kesish qatʼiyan man etiladi.

Shunga qaramay, bunday holat Paxtachi tumanidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan Qirguli MFY hududida kuzatuv reydi davomida aniqlandi. Unga koʻra, Hayot Elbegi MFYda yashovchi fuqaro E.J tomonidan shu hududdagi ipak qurti uchun ekilgan 5 tup tut daraxtlarni noqonuniy kesib olib ketayotgani kuzatilgan.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarari uchun 24 000 000 soʻm jarima hisoblandi. Daliliy ashyolar vaqtincha saqlash uchun olib qoʻyildi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер