Dam olish kunlari havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 19-21-sentyabr kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi.
Shanba kuni choʻl hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni Oʻzbekistonning markaziy hududlari boʻyicha kunduzgi harorat 32-34 darajaga yetadi.
20-21-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Bu kunlarda havo harorati 23-28 daraja atrofida boʻladi.
Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxt Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzgi havo harorati: bugun 26 daraja, ertaga 28-30 daraja, yakshanba kuni esa 32-34 daraja atrofida boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring