Chortoq tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va sanoatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi rais oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov Namangan viloyatida xizmat safari davomida Chortoq tumanida “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mos xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, oʻzlashtirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish” mavzusida oʻtkazilgan seminarda ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda mahalliy Kengashlar deputatlari, Savdo-sanoat palatasi vakillari, tadbirkorlar va fuqarolar qatnashdi.
Seminarda hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Mutasaddi tashkilotlar va tadbirkorlar oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazilib, qoʻshma tashabbuslar boʻyicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Shu bilan birga, senator “MELEH TEX” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanishdi. Korxonada ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan eksportbop tekstil mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring