Chilonzordagi chinorlarni qasddan yoʻq qilishmoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chilonzor 26, 6-uy orqasida chinorlarni qasddan yoʻq qilishmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi
Unda aytilishicha, ushbu xabarlarda keltirilgan holat Toshkent shahar Uchtepa tumani hududida joylashgan boʻlib, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining tuman inspektori tomonidan joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borilgan.
Oʻrganish jarayonida daraxtlarga shikast yetkazilgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi fuqarolardan atrof-muhitga befarq boʻlmaslikni, daraxt va yashil hududlarni asrashda faollik koʻrsatishni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring