Chet ellik shaxs oʻzbekistonlik fuqaroni chuv tushirmoqchi boʻldi. Uning yonidan 8 ming 400 AQSH dollar soxta pul ham aniqlangan
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi DXX va IIB xodimlari yordamida xorijiy davlatga viza olib berishni vaʼda qilgan shaxsning chet el fuqarosi ekanligi va mazkur ayblanuvchining yonidan qalbaki 8 ming 400 AQSH dollari chiqqanini maʼlum qildi.
Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “L.” nomli “Hostel” oldida oʻtkazilgan tezkor tadbirda xorijiy davlat fuqarosi M.S. firibgarlik ustida qoʻlga olingan. U qingʻir yoʻllar bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida fuqaro Z.A.ni Angliya davlatiga borishi uchun 850 AQSH dollariga viza olib berishini aytgan. Shundan soʻng, 350 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, M.S.ning yonidan saqlab kelingan 84 dona 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 8 ming 400 AQSH dollari topilib, hujjatlashtirilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring