Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yoʻlga qoʻyiladi
Foto: Arxiv surat
Qarorga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi doirasida:
2024-yil 1-yanvardan aholiga yoʻl harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
2024-yil 1-martdan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bogʻliq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi.
2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 10 trillion soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
2024-yil yakunigacha qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqish tartibi joriy etiladi.
2024-yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
— birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsni, agar u sud maslahatxonaga kirguniga qadar soliqlar va yigʻimlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish;
— tadbirkorlarga nisbatan qoʻzgʻatilgan har bir jinoyat ishi boʻyicha tergov hamda sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan tadbirkorni himoya qilishga Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik subyekti aʼzo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etish (xabar qilish).
2024-yil 1-yanvardan aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yoʻllarida piyodalar oʻtish yoʻlaklarini svetoforlar bilan toʻliq jihozlash majburiy etib belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring