Chet el fuqarolaridan eng koʻp hindistonliklar oʻqish uchun Oʻzbekistonni tanladi
Illyustrativ foto
Chet el fuqarolaridan eng koʻp, yaʼni 2 780 nafar hindistonliklar oʻqish uchun Oʻzbekistonni tanladi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 9,5 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 17,3 % ga oshgan.
Oʻzbekistonga xorijiy, ayniqsa Hindistonlik talabalar oqimining ortishi bir necha omillar bilan izohlanadi. Avvalo, bu yerda taʼlim narxlarining nisbatan arzonligi va kirish talablari soddaligi ularni oʻziga tortadi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro universitetlar va filiallar sonining ortishi ham bu jarayonga turtki bermoqda.
2025-yilda yanvar iyun oylarida yurtimizga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar kesimida:
Hindiston — 2780 nafar;
Turkmaniston — 2622 nafar;
Tojikiston — 1145 nafar;
Xitoy — 459 nafar;
Janubiy Koreya — 381 nafar;
Pokiston — 348 nafar;
Qirgʻiziston — 263 nafar;
AQSH — 232 nafar;
Afgʻoniston — 167 nafar;
Turkiya — 161 nafar;
Boshqa davlatlar — 988 nafar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring