Chet el fuqarolari uchun daromad soligʻi stavkasi pasaytiriladi
“Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, quyidagilar joriy etildi:
— oxirgi yildagi savdo tushumi BHMning 10 ming baravaridan (2,7 mlrd soʻmdan) oshmaydigan tadbirkorlarga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qoʻllanilmaydi;
— 2022-yil 1-sentyabrdan raqobatga qarshi harakat qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga quyidagilar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllaniladi:
— tovar va moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi kelishuvlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish;
— ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini asossiz oshirganlik va insofsiz raqobat;
— xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda va aksiyalarni sotib olish bitimlarini tuzishda raqobatni buzish;
— ommaviy savdolarda raqobatga zid harakatlar amalga oshirganlik va monopoliyaga qarshi talablarni buzish.
2022-yil 1-maydan norezident shaxsning Oʻzbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari boʻyicha daromad soligʻi 12 foiz miqdorida belgilanadi (ilgari 20 foizgacha).
2022-yil 1-iyuldan bojxona bojlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina qonunlar bilan beriladi.
Farmonga koʻra, Toshkent shahri misolida Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring