Chegara oldi hududida noqonuniy ov aniqlandi
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Muzrabot tumanining “Buyuk Ipak yoʻli” MFY hududida, chegara oldi mintaqada joylashgan sholipoya dalasida noqonuniy ov holati aniqlandi.
Fuqaro B.R. ov qurolidan foydalanib, 1 bosh yovvoyi oʻrdakni qonunga xilof ravishda ovlagan. Mazkur holat uchun unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 90-moddasiga asosan 8 million 240 ming soʻm jarima solindi. Tabiatga yetkazilgan ekologik zarar esa 412 ming soʻmni tashkil etdi.

— Noqonuniy ov qilish tabiat muvozanatiga jiddiy zarar yetkazadi va har bir fuqaro bu borada masʼuliyatni his etishi lozim, — deydi jamoatchi inspektor Erkin Ashurov. — Aholini atrof-muhitni asrash, yovvoyi tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish hamda qonun talablariga qatʼiy rioya etishga chaqiramiz.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring