Chaykovskiyning asl musiqasiga yangi sayqallangan “Qarsildoq” baletining ilk namoyishi bo‘lib o‘tadi
Yangi yil shodiyonalari arafasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Pyotr Ilich Chaykovskiyning asl musiqasiga yangi sayqallangan “Qarsildoq” baletining ilk namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Chaykovskiy balet yozish buyurtmasini Imperator teatrlari ma’muriyatidan 1890-yilda oladi. Hikoyadagi voqealar rivoji uchun bastakor Ernst Gofmanning mashhur “Qarsildoq va sichqonlar qiroli” ertagini Aleksandr Dyuma-ota tomonidan yozilgan fransuzcha talqinini asos qilib oladi. 1892-yilning yanvar va fevral oylarida Chaykovskiy baletni yakunlab, uni orkestr ohanglariga soladi. Mart oyida Rus musiqa jamiyatining simfonik konsertlaridan birida balet musiqasidan bir syuita bastakorning shaxsan o‘zi boshchiligida ijro etiladi. Bu gulduros olqishlarga sazovor muvaffaqiyat keltiradi: oltita chiqishdan beshtasi tomoshabinlar talablariga binoan qayta ijro etiladi.
Spektaklning ilk namoyishi 1892-yilning dekabrida Peterburgdagi Mariinskiy teatrida o‘tkazilgan.
Toshkentda mashhur “Qarsildoq”ning ilk namoyishi bundan roppa-rosa 30 yil avval – 1993-yilda bo‘lib o‘tgan. Xuddi hozirgi sahnalashtirish kabi u Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida bo‘lib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring