Central Asia — 2021: bu yilgi konferensiyaning oʻziga xosligi nimada?

19:09 18 May 2021 Madaniyat
1238 0

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan axborot-kutubxona faoliyati boʻyicha har yili anʼanaviy tarzda “Central Asia: fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari» mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazib kelinmoqda.

Shu yilning 19 — 21-may kunlari boʻlib oʻtadigan ushbu anjuman doirasida qanday yangiliklar koʻzda tutilmoqda?

Ziyo maskanida mazkur tadbir oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida ushbu savolga javob berildi.

Qayd qilinganidek, oʻn toʻrtinchi bor tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning gumanitar hamkorlik boʻyicha “Kitob va mutolaa — jamiyat taraqqiyotining strategik resursi” mavzusida forumi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 150-yillik yubileyini nishonlash, “Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimlari oʻtkaziladi.

Shuningdek, kitobxonlik masalalari, kutubxonachilikning oldida turgan istiqbolli vazifalar hamda sohada oʻz yechimini kutayotgan masalalarga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminarlar, mahorat darslari tashkil etiladi.

Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Belarus kabi qator davlatlardan soha mutaxassislari qatnashadigan tadbirlar onlayn va offlayn formatda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Rahmatjon BOBOJONOV
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер