«Cengiz Holding» kompaniyasi O‘zbekistondagi biznesini kengaytirish bo‘yicha yangi rejalarini taqdimot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, Turkiyaning yetakchi ko‘p tarmoqli xoldingi ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi.
Uchrashuv chog‘ida davlatimiz rahbariga ushbu energetika obyektlarining ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.
Bundan tashqari, Prezidentimiz Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bo‘lgan yana bir elektr stansiya qurilishiga start berdi.
«Cengiz Holding» kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari taqdimot qilindi.
Avtomobil yo‘llari va tunnellarni modernizasiya qilish va qurish, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va istiqbolli foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish, energetika infratuzilmasini davlat-xususiy sheriklik shartlarida boshqarish shunday loyihalar jumlasidan.
O‘zbekiston yetakchisi turkiyalik investor ishtirokidagi istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlash va to‘liq amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring