Buyuk Britaniya davlat kotibi Devid Kemeron Londonga qaytish chogʻida Toshkentda toʻxtab oʻtdi

Foto: Anvar Ilyosov olgan surat («Dunyo» AA)
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.
«Londonga qaytish chogʻida Toshkentda toʻxtab oʻtgan Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha davlat kotibi Devid Kemeron janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Yana bir bor Oʻzbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini aniq natijalar bilan boyitish uchun barcha imkoniyatlarimizdan foydalanishga tayyorligimizni tasdiqladik».
Eslatib oʻtamiz, 23-aprel kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha davlat kotibi Devid Kemeron Toshkentda muzokaralar oʻtkazgan, shuningdek, uning yakunlari boʻyicha tomonlar Keng qamrovli sherikchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bogʻliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumini imzolagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring