Bunyodkor ko‘chasida yangi ochilgan ko‘prik (fotogalereya)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qad rostlagan yangi qurib bitkazilgan ko‘prikni ochib bergandi.
Mazkur yo‘l o‘tkazgich ishga tushirilishi natijasida endi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab to‘xtovsiz va xavfsiz harakat ta’minlandi.
Ma’lumki, Bunyodkor ko‘chasi Toshkent shahridagi eng uzun, janubiy va shimoliy qismlarini bog‘lovchi, muhim ko‘chalaridan biri sanaladi. Shu bois mazkur yo‘nalishda muntazam, kun-u tun avtomobillar qatnovi amalga oshiriladi. Magistralda yo‘l o‘tkazgich soni endilikda 10 taga yetdi.
Zamonaviy yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 667,5 metrni tashkil etadi. Estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi esa 24,5 metr. Ulkan inshoot 21 ta ustun oralig‘ida barpo etildi. E’tiborlisi, bu yerda piyodalar uchun ham qator qulayliklar ham yaratildi. Xususan, umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi qurildi, shuningdek, yoshi keksa va nogironlar uchun maxsus lift hamda eskalator o‘rnatildi.
Yangi bunyod etilgan yo‘l o‘tkazgichning yoritish tizimiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga hududda obodonlashtirish ishlari ham olib borildi. Atrof ko‘kalamzorlashtirildi, manzarali daraxtlar o‘tqazildi.
Yo‘l o‘tkazgichning bosh rejasi “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Bunyod etilayotgan inshoot 6 ta yo‘lakdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring