Bundan buyon viloyat va tuman sogʻliqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada oʻtkaziladi
«Shunda xalq bilan muloqot paydo boʻladi, odamlarimiz bundan rozi boʻladi, tibbiyot tizimiga xolis bahoni oʻzi beradi.
Shu oʻrinda viloyat, tuman tibbiyot rahbarlari va bosh shifokorlar, poliklinika mudirlariga murojaat qilmoqchiman. Ular oʻziga savol bersin: bemor shifoxona va poliklinikaga kelganda qancha vaqt sarflayapti, olgan xizmatidan qanchalik koʻngli toʻlyapti?
Mazkur rahbarlar oʻzini bemorning oʻrniga qoʻyib, eshikdan boshlab, vrach qabuliga kirish uchun xonama-xona yursa, rentgen, laboratoriya, UZI, EKG uchun boshqa-boshqa qavatga chiqib-tushsa, shunda odamlarning holatini tushunib, bu savolga javob topadi.
Shu bois, har bir viloyat, tuman tibbiyot rahbari, bosh shifokor va poliklinika mudiri bemorga eʼtiborli boʻlib, dardiga shifo izlab kelgan har bir odamning ishi tez bitishi uchun barcha sharoitlarni yaratishi shart!», – dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring