Buxoroda sumalak sayli shukuhi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Navroʻzi olamni bahorning tansiq taomlarisiz, ayniqsa, sumalak saylisiz tasavvur etmoq mushkul. Bu tadbir nafaqat qut-baraka, toʻkin-sochinlik, balki diydorlashuv, mehr-oqibat, shukronalik timsoliga aylangan. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi tashabbusi bilan “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” gʻoyasi ostida tashkil etilgan sumalak sayli shu ezgu ishlarning amaldagi ifodasi boʻldi.
Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida oʻtkazilgan sumalak saylida partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, boshlangʻich partiya tashkilotlari, turizm sohasi vakillari, talabalar qatorida viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan milliy madaniy markazlar vakillarini ham koʻrish mumkin edi.

— Biz Oʻzbekistondagi turli millat va elat vakillari bilan ahil, inoq yashab kelyapmiz, — deydi viloyat koreys madaniy markazi rahbari Radion Li. — Bahor bayrami Navroʻz barchamiz uchun birday ardoqli. Uni birgalikda nishonlamasak koʻnglimiz toʻlmaydi. Bugun kayfiyatimiz aʼlo. Sumalak sayliga atab oʻz konsert dasturimizni tayyorlab kelganmiz.
Shu tariqa davra keng olindi. Doshqozonlarda sumalak pishirish jarayoni davom etarkan, partiya viloyat kengashi raisi Rajabboy Hasanov, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B. Maʼmurov, texnikum direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari G. Rahmonova va boshqalar toʻplanganlarni Navroʻz ayyomi bilan qutladi. Texnikum oʻquvchilari hamda milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy havaskorlik dastalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, xalq oʻyinlari davraga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring