Buxoroda sud tizimi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Buxoroda sud tizimi xodimining noqonuniy harakati fosh boʻldi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudining arxiv mudiri ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 237 va 238-moddalari bilan qoʻzgʻatilib, JIB Kogon shahar sudi tomonidan koʻrib tamomlangan jinoyat ishi boʻyicha sudlanuvchiga sud tizimida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali yengillik yaratib berish hamda kelgusida hukmni oʻzgarmasligini vaʼda qilib, evaziga 700 AQSH dollari talab qilib, muqaddam 100 AQSH dollari olgan.
Shundan soʻng, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda arxiv mudiri qolgan 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring