Buxoroda “Matiz” kanalga tushib ketdi

20:04 11 Oktyabr 2025 Jamiyat
487 0

Foto: Videodan kadr

Buxoro viloyatida “Matiz” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 10-oktyabr kuni soat 21:30 larda Gʻijduvon tumanida sodir boʻlgan. “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tumanning Baqqollar mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Qalqonrud kanaliga tushib ketgan.

Hodisa yuzasidan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 112 tizimi orqali xabar kelib tushgacha, manzilga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?