Buxoroda hokimlik “haydovchi”si pora bilan ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro viloyatida imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga ilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro M.M. fuqaro O.Q.ga oʻzini goʻyoki Buxoro shahar hokimligida haydovchi vazifasida ishlashini aytib, tanishlari yordamida uy-joy sotib olish uchun 350 mln soʻm imtiyozli kredit olib berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.I. fuqaro B.U.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 000 AQSH dollari evaziga Beruniy tumanidagi tijorat banklarining biridan 200 mln soʻm imtiyozli kredit olib berishini aytib, evaziga 8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring