Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Foto: DXX
Buxoro viloyatida Peshku tumani hokimining yordamchisi 6 ming dollar pul olayotganda qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyatning Peshku tumanida yashovchi tadbirkor mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari haqida joriy yilning 10-sentyabr kuni ariza bilan murojaat qilgan.
Unga koʻra, hokim yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yer maydonini “K-savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirib, onlayn auksion savdolari orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 6 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi tamagirlik yoʻli bilan 6 ming dollar miqdoridagi “pora”ni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu mansabdorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring