Buxoroda “Gentra” avtomobilidan qariyb 5 kilogramm “opiy” moddasi topildi (+video)
Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Buxoro – Qorakoʻl” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Gentra” rusumli avtotransport vositasi Jondor tumani hududida toʻxtatilib, tekshirilganda Qorakoʻl tumanida yashovchi, 1969-yilda tugʻilgan shaxs va 1973-yilda tugʻilgan xorijiy davlat fuqarosi ketayotgan avtomashina salonida sof vazni 4 kg 715 g boʻlgan “opiy” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bildirilishicha, ushbu shaxslar ajal ogʻusini muqaddam narkokuryerlar tomonidan Afgʻonistondan kontrabanda qilinib, Buxoro shahri hududiga yashirib ketilgan xufiya joydan olgani aniqlangan.
Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish...) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Maʼlumot uchun, qonunchilikka muvofiq, bunday jinoyatlar sodir etgan shaxslar 10-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring