Buxoroda 978 quti noqonuniy dori vositalari savdosining oldi olindi

Buxoroda dorixonalarda sotish uchun olib ketilayotgan katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda DXX xabar qildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1985-y.t. fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador boʻlgan avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, “Imudon”, “Serebrolizin”, “Dofamin”, “Maaloks” kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari boʻlmagan dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Buxoro shahrida yashovchi, 1962-y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlandi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga koʻra ushbu dori vositalarining 32 nomdagisi davlat reyestrida qayd etilmaganligi, 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, 6 nomdagisi sifatsizligi hamda 4 nomdagisi qalbakilashtirilganligi, shuningdek, saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli, ularni mamlakatimizda sotish, saqlash va amaliyotida qoʻllash taqiqlanadi.
Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,186 prim 3-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joiz, agarda ushbu dori vositalari toʻxtatib qolinmaganida, ular Buxoro shahri, Shofirkon, Peshku va Romitan tumanlaridagi dorixonalar orqali sotuvga chiqib ketgan boʻlar edi.
Avvalroq Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining bosh inspektorlariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring