Buxoroda 1,4 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlagan “uddaburonlar” fosh qilindi (+video)
Buxoro viloyatida 1,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Buxoro tumani “Gulshanobod” MFYda joylashgan “D. J. 2.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, isteʼmolchi taʼminot tashkiloti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib olgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra keltirilgan zarar 1 milliard 160 million soʻmni tashkil qilgan.
Shu kabi yana bir holat viloyatning Shofirkon tumanida ham qayd etilgan. “Mingchinor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro X. B. oʻz xonadonidagi issiqxonani qizdirish maqsadida hisoblagichdan tashqari tarmoq tortib, “zangori yoqilgʻi”dan oʻgʻrincha foydalanib kelayotgani aniqlangan. Holat boʻyicha 135 million 360 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Mazkur holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarda yuborilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring