Buxoro shahrining sayyohlik imkoniyatlari Oʻmon matbuoti nigohida
Oʻmon Sultonligining “Asdaa Oman” elektron gazetasida “Buxoro shahri Oʻzbekistonning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy durdonasi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo” AA muxbiri.
«Oʻzbekistonning markazida joylashgan koʻhna Buxoro shahri dunyoning eng goʻzal tarixiy shaharlaridan boʻlgani bois, YUNESKO tomonidan Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Dunyoning turli davlatlaridan Buxoroni ziyorat etuvchi sayyohlar 2000-yildan ortiq tarixga ega boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar bilan tanishish va asrlar davomida saqlanib qolingan eski shahar koʻchalarida sayr qilish imkoniyatiga ega», deya taʼkidlaydi muallif Ali al-Xasaniy.
Shaharning Ark qalasi, Labi Xavuz majmuasi, Sitorai Mohi Xossa saroyi, Somoniylar maqbarasi, Koʻkaldosh, Nodir Devonbegi va Abdulazizxon madrasalariga oid maʼlumotlar oʻmonlik gazetxonlar eʼtiboriga havola etilgan.
“Buxoro shahrining ramzi boʻlgan, 12 asrda bunyod etilgan Kalon minorasi oʻz davrida Markaziy Osiyodagi eng baland inshoot boʻlib, undan tarqalgan yorugʻlik shaharga kelayotgan savdo karvonlariga yoʻl koʻrsatib turgan”, - deb yozadi “Asdaa Oman” elektron nashri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring