Buxoro, Andijon, Chirchiq va Samarqandda issiqlik ta’minoti tizimi yangilanadi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Shu yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Buxoro, Andijon, Chirchiq va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida tashkil etildi.

Matbuot anjumani “Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti tizimini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlari” komponenti doirasida o‘tkazildi. Unda loyiha amalga oshirilayotgan hududlardagi issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligini oshirish va aholining turmush sharoitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar markazlashtirilgan issiqlik va issiq suv ta’minotining texnik holati, loyihadan kutilayotgan natijalar, shuningdek, aholi o‘rtasida olib borilayotgan axborot va tushuntirish ishlari haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Loyiha doirasida belgilangan vazifalar to‘liq amalga oshirilsa, mazkur shaharlardagi issiqlik ta’minoti sifat jihatdan yangilanadi, tizimlarda energiya tejovchi texnologiyalar joriy etiladi va fuqarolar uchun qulayliklar yanada oshadi. Tadbir ishtirokchilari loyiha ijrosi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy samaradorlikka ega bo‘lishi ta’kidladilar.




Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring