Bugungi kunda poytaxtda 75 tadan maktab va bogʻcha, 23 ta sport obyektiga ehtiyoj borligi aytildi
Tuman hokimlari oʻzlari mablagʻ jalb qilib, har yili 1 tadan maktab, bogʻcha va sport obyektini qurishi, qolgan 15 tadan maktab va bogʻcha hamda 11 ta sport obyekti investitsiya dasturi doirasida qurib berilishi belgilandi.
Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga chetdan davlat kafolatisiz yana 300 million dollar jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.
Shu yildan Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha “Toshkent tajribasi” boshlandi. Yaʼni 7-11-sinfdagi 1,5 ming oʻquvchi saralanib, ularni AT, tibbiyot, biznes, muhandislik kabi yoʻnalishlarda oʻqitish yoʻlga qoʻyildi.
Oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishiga qarab, oʻqituvchilariga 20 million soʻmgacha oylik maosh toʻlanyapti.
Bu tajribani kengaytirib, bunday maktablar sonini kelasi yili 24 taga, 2027-yilda 33 taga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring