Bugundan tibbiyot texnikumlariga kirish test sinovlari boshlandi

Bugun yurtimizda kollej va texnikumlar uchun kirish sinovlariga start berildi. Imtihonlar 26-29-sentyabr kunlari ikki smenada:
1-smena 08:00 dan 11:00 gacha,
2-smena 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 72 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida:
— Tibbiy profilaktika ishi;
— Tibbiy-ijtimoiy ish;
— Patronaj hamshiraligi yoʻnalishlari —
2 yillik oʻquv dasturi asosida;
— Hamshiralik ishi;
— Feldsherlik ishi;
— Funksional diagnostika va laboratoriya ishi;
— Stomatologiya;
— Farmatsevtika yoʻnalishlari —
3 yillik oʻquv dasturi asosida taʼlim beriladi.
Nomzodlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishi kerak.
Test sinovi natijalari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalari esa 3-oktyabr kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring