Bugundan Oʻzbekiston boʻylab barcha hududlarda oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi — Fotoreportaj
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Bugun, 14-iyul kunidan boshlab 2025/2026-oʻquv yili uchun test sinovlari boshlandi. Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati foto muxbirlari ushbu jarayonlarning eng esda qolarli va hayajonga boy lahzalarini kamera obyektiviga muhrladi.
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Bundan kelib chiqadiki, ertalabki smenada imtihon topshiradiganlar soat 06:30 da, 2-smenadagilar esa 13:30 da test oʻtkaziladigan hududda boʻlishlari lozim.
Abituriyentlar oʻzlari bilan pasport, ID-kartaning asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasini olib kelishlari shart.
Maʼlumot uchun, test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatʼiyan taqiqlangan.
Test sinovi hududiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, abituriyent ruxsatnomasi, oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas), optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas), pul, dastroʻmol, kalit hamda sogʻlik uchun zarur boʻlgan dorilarni olib kirishi mumkin.
Bu yil 671 ming 397 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etadi. Imtihonlar 10 kun davomida boʻlib oʻtadi.
Respublika boʻyicha 65 ta yirik binoda, ikki smenada oʻtkaziladigan imtihonlarda har kuni 70 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, test sinovlari videokuzatuv ostida test2025.uz sayti orqali real vaqt rejimida onlayn translyatsiya qilinmoqda.
Yunus Boʻriyev, Davronbek Ernazarov, Otabek Saidahmadov
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring