Bugun Prezident Namanganga boradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Ikki kunlik safar dasturidan sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika va ijtimoiy sohada ishga tushirilgan yangi obyektlar bilan tanishish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazish oʻrin olgan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari “Kambagʻallikdan farovonlik sari” III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 15-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga tashrif buyurib, oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.
Tadbirda Prezident taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshirdi hamda taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchi va murabbiylarni yanada qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.
Tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham yaqindan tanishildi. Xususan, davlat rahbari “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti imkoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, Boʻstonliq tumanining Chimyon mahallasida barpo etilayotgan agrosanoat bogʻini borib koʻrdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring