Bugun metan “zapravka”lar jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi

11:35 12 Mart 2026 Jamiyat
124 0

Illyustrativ foto

Bugun, 12-mart kuni Oʻzbekistondagi metan “zapravka”lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va meʼyoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda. Gaz bosimining pastligi sababli, birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shunga koʻra, bugun metan “zapravka”lar ijtimoiy soha obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.

“Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz taʼminoti bilan taʼminlashga qaratilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin va suyultirilgan gaz (propan) hajmi oshirilgan boʻlib, yetarli miqdorda yetkazib berilmoqda.

Shu oʻrinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklari, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan toʻgʻri sotishlari soʻralgan. Vakolatli tashkilotlar tomonidan nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер