Bojxona rejimining afzalliklari: imkoniyat va qulayliklar

Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan
Tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Darvoqe, media turning aynan ushbu korxonada oʻtkazilishi bejiz emas. Chunki, mazkur korxona “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining afzalliklari va imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelmoqda.
Tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksportni qoʻllab-quvvatlash, qoʻshimcha ishchi oʻrinlarini yaratish maqsadida, keng koʻlamli ishlar olib borilib, tadbirkorlarga bir qancha qulaylik va
Raqamlarga koʻra, oʻtgan 2021-yilda va 2022-yilning dastlabki yarmi davomida 12 mingdan ortiq tadbirkorlarimiz tomonidan 5,7 mlrd. dollarlik turli xil texnologik asbob-uskunalar import qilingan. Bu tovarni qayta ishlash uchun juda katta imkoniyat, deganidir.
2022-yilning 6 oyi davomida 112 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan 260 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan tovarlar “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, 239 mln. AQSH dollariga teng qayta ishlangan tayyor mahsulotlar
Rivojlangan mamlakatlarning tashqi savdosida “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining oʻrni yuqori hisoblanadi.
Misol uchun, qayta ishlangan mahsulotlarining umumiy eksportdagi ulushi Xitoyda 35 foizni (872 mlrd
Bu borada Oʻzbekistonda ham mavjud salohiyatdan foydalanib, yuqori koʻrsatkichlarga erishish mumkin. Bunda Prezidentimizning joriy yil 25-apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini qoʻllashni soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni muhim rol oʻynamoqda.
Farmon bilan tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari roʻyxati qadoqlash, oʻrash, saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish va uskunalarni modernizatsiya qilish xizmatlari bilan toʻldirildi.
Eng katta yengilliklardan biri mazkur jarayonlarni amalga oshirishda tadbirkorlar hech qanday bojxona toʻlovlari toʻlamaydi.
Tovarlar eksportida qoʻllaniladigan bojxona yigʻimlari stavkalari, imtiyoz (shu jumladan, temir yoʻl tariflari boʻyicha), preferensiyalar, subsidiya va kompensatsiyalarni qayta ishlashdan hosil boʻlgan tayyor mahsulotlar
Avvallari tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan mahsulotlarni
Tovarlarni qayta ishlashda muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa hamda maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari va vakolatli iqtisodiy operatorlar tomonidan bojxona toʻlovlari taʼminoti (sugʻurta polisi, bank kafolati, garov shartnomasi, kafillik xati) talab etilmaydi.
Avvallari tovarlarni ushbu rejimga rasmiylashtirishda tovar importida qanday hujjat talab qilingan boʻlsa, shu hujjatlarni bojxona organiga taqdim etishi lozim edi.
Albatta bu tadbirkorlarda qoʻshimcha vaqt va mablagʻ sarfiga olib kelgan. Endi bu qiyinchilik va muammolar ham tarixga aylandi.
Shu vaqtga qadar tadbirkor 1 ta
Muhim jihatlardan yana biri shundaki, qayta ishlash boʻyicha tayyor mahsulotlarning chiqish meʼyorlarini tadbirkorlar tomonidan belgilanishi joriy etildi.
Bugungi kunga qadar, qayta ishlash mahsulotlarini chiqish normalari vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan edi. Lekin, tadbirkorlar qayta ishlanadigan tovarlari boʻyicha vakolatli organni topa olmasdan vaqt yoʻqotishardi. Endi esa ushbu vakolat tadbirkorlarning oʻziga berildi.
Alohida taʼkidlash mumkin boʻlgan jihatlardan yana biri, qayta ishlashdan hosil boʻladigan chiqindilarni “erkin muomalaga chiqarish”da bojxona boji qoʻllanilmaydi.
Endilikda a
Yana bir yangilik - xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, tovarlarni taʼmirlashda tadbirkorlarga qayta ishlash ruxsatnomasini olish talab etilmaydi.
Alohida qayd etish joizki, Farmonda tadbirkorlar uchun yaratilgan bu kabi yengillik va qulayliklar aksariyat mamlakatlarda mavjud emas. Shunday ekan, bu kabi imkoniyatdan unumli foydalana bilish zarur.
Media-turning bosh maqsadi ham tadbirkorlarga ushbu qulayliklarni yaqindan yetkazish, jurnalistlar orqali keng jamoatchilikka tanishtirishni nazarda tutgan edi. Ushbu qulayliklar birgina “Quality Electronics” qoʻshma korxonasi faoliyati misolida yigʻilganlarga batafsil tushuntirib berildi.
Oʻzaro jonli muloqotlarga boy tarzda oʻtgan media tur davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga
Tashkil etilgan bu kabi media-turlarda jurnalistlar eng avvalo mavzuning ichiga kirib borish va har bir detalni puxta oʻrganish imkoniga ega boʻlishdi. Bu esa tabiiyki, ular tomonidan tayyorlanadigan materiallarning yanada batafsil va taʼsirchan boʻlishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring