"Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining afzalliklari nimada?

17:01 13 Oktyabr 2023 Jamiyat
537 0

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “Uztex Group” korxonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining afzalliklari va qulayliklar mavzusiga bagʻishlangan uchrashuvda viloyat bojxona xodimlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirish tartibi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan xorijdan import qilinadigan xomashyo va materiallarni qayta ishlash istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ushbu bojxona rejimidan foydalanilganda, bojxona toʻlovlari undirilmasligi va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasligi kabi afzalliklari bilan keng imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iborat.

Muloqotda ishtirokchilarga mamlakatimiz qayta ishlash korxonalarini xomashyo bilan muntazam taʼminlash, ishlangan mahsulotlarini eksport geografiyasini kengaytirish hamda hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qabul qilingan Farmon bilan berilayotgan imtiyozlar tushuntirildi.

Taʼkidlanganidek, Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan oʻndan ortiq TIF qatnashchilariga Prezidentimiz qarorlari asosida yaratilgan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidan foydalangan holda joriy yilning bugungi kunga qadar 11300,0 tn qiymati 4,6 mln. AQSH dollariga teng tovarlar qayta ishlanib, reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Uchrashuvdan soʻng, tadbirkorlar bilan muloqot Chirchiq shahrida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarda davom etdi.

Aytish kerakki, Chirchiq shahridagi "INTERMAX PETROLEUM” MCHJ korxonamiz tomonidan Rossiya, Turkiya davlatlaridan olib kelingan texnologiyalar asosida neft maxsulotlarini qayta ishlash bojxona rejimidan foydalangan holda Afgʻoniston, Tojikiston Respublikalariga 2800,0 tn qiymati 1,95 mln. AQSH dollariga teng qayta ishlangan neft mahsulotlarini reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

OOO “SULTANA LYUKS BIZNES” korxonasi ayollar va erkaklar uchun shim ishlab chiqarishga ihtisoslashtirilgan boʻlib, korxona joriy yil 6 oy davomida ushbu kiyim-kechak turi eskporti koʻrsatkichi 47 ming AQSH dollarni tashkil etgan.

Tadbir doirasida oʻtkazilgan xomashyoni qayta ishlash buyicha uchrashuvda joriy yil avgust oyida davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar ham muhokama qilindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер