Boʻstonliqqa olib boruvchi yoʻl uch kunga yopildi
Joriy yilning 9-10-11-sentyabr kunlari velosport musobaqasi oʻtkazilishi munosabati bilan Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli yopiladi. Bu haqida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shu yilning 9-10-11-sentyabr kunlari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida velosport boʻyicha Respublika turniri oʻtkazilishi munosabati bilan soat 08-00 dan 15-00 ga qadar D012 “Bektemir-Chorbogʻ q.” avtomobil yoʻlining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina”)dan boshlab 54 kilometrlari (Oqsoqota mfy “Fayz” kafesi) oraligʻida transport vositalari harakati cheklanadi.
“Boʻstonliq tumaniga boruvchi fuqorolar Chirchiq shahri yohud Qoramanas, Qoʻshqoʻrgʻon mahallalari orqali harakatlanishlari mumkin boʻladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring