Boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan 20 gektar yashil hudud tiklandi

15:55 14 Oktyabr 2025 Jamiyat
276 0

Illyustrativ foto

Prezident raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida mahallalar aholisi oʻzlari daraxt ekib, parvarish qilishga, yashil hududlarni koʻpaytirishga tayyor ekani, lekin birorta hokim yoki mahalla raisi tayinli joyni koʻrsatib bermayotgani tanqid qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Endilikda “yettilik”, mahalla aholisi yashil hudud qilish tashabbusi bilan chiqsa, tuman hokimi 10 sotixgacha yer maydoni ajratib beradi.

Hokimlar va “yettilik” buning ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishi, bu yerlar boshqa maqsadlarga beriladigan boʻlsa, qonun ustuvor, jazo muqarrar boʻlishi haqida ogohlantirildi.

Bosh prokuraturaga boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan yashil hudud, sport maydonchasi, bolalar oʻyingohlarini joyiga qaytarish boʻyicha topshiriq berilgan edi. Toʻrt oy ichida 20 gektar yashil hudud, 107 ta sport maydonchasi va bolalar oʻyingohi tiklandi.

Davlatimiz rahbari bunday joylarning barchasi joy-joyiga qoʻyilmaguncha ishni davom ettirish vazifasini qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер