Bosh vazir Abdulla Aripov Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Rossiya xalqiga taʼziya bildirdi

10:35 25 Mart 2024 Siyosat
753 0

Bugun, 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga taʼziya bildirdi.

Avvalroq, Bosh vazir Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustinga Moskva viloyatidagi «Crocus City Hall» majmuasida sodir boʻlgan terakt oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va ogʻir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?