Boʻsh ish oʻrinlari — yangi imkoniyatlar manbai
Buloqboshi tumanida ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi.
Unda tuman hududidagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari oʻzlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkaga 100 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar jalb qilindi, ular uchun turli sohalarda ish takliflari taqdim etildi.

— Anchadan buyon oʻzimga munosib ish topa olmayotgandim, — deydi tadbir ishtirokchisi Sanjarbek Mirzohidov. — Bugungi yarmarkada ishtirok etib, “FAYZ-M” trikotaj ishlab chiqarish korxonasida ishga joylashdim. Korxonadagi ish muhiti, mehnat sharoiti va jamoa munosabati menga maʼqul keldi. Oylik maosh ham yetarli, mehnat intizomi talab darajasida. Endi oʻz faoliyatim bilan oilam farovonligiga hissa qoʻshish niyatim bor.
Yarmarka yakunida 20 nafardan ziyod fuqarolar doimiy ish oʻrinlariga ega boʻldi. Bu kabi tadbirlar nafaqat ishsizlikni kamaytiradi, balki odamlarning mehnatga va oʻz kelajagiga boʻlgan ishonchini ham mustahkamlaydi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring