Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
Bollivudning mashhur aktyori Sayf Ali Xonning uyiga bosqinchi bostirib kirgan. Bosqinchining hujumi natijasida aktyor koʻplab pichoq jarohatlari orttirib kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda BBC nashri.
Maʼlumotlarga koʻra, hujum payshanba kuni ertalab Xon oilasi bilan yashaydigan Mumbay shahrining yuqori darajadagi mahallasida sodir boʻlgan.
Shahar politsiyasining taʼkidlanishicha, aktyor uyiga yarim tundan keyin kirib kelgan nomaʼlum erkak bilan tortishib qolgan. Natijada Sayf Ali Xon bir necha bor pichoqlangan.
“Voqea oʻgʻirlik qilishga urinish ortidan sodir boʻlgan boʻlishi mumkin”, — deydi aktyorning reklama guruhi vakili.
Voqeadan soʻng Aktyor Sayf Ali Xon zudlik bilan shaharning “Lilavati” kasalxonasiga yotqizilgan.
Kasalxona bosh operatsiya direktorining aytishicha, aktyor olti marta pichoqlangan, ulardan ikkitasi juda xavfli jarohat sanalib, ancha chuqur joylashgan. “Aktyor hamon operatsiya qilinmoqda”, — deb qoʻshimcha qiladi u.
Politsiya allaqachon surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, aktyor Saif Ali Xon 1970-yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida koʻplab filmlarda rol ijro etgan, koʻplab filmlarda prodyusserlik qilgan.
Aktyor oʻzbek tomoshabinlariga “Salom Namaste”, “Qurbon”, “Qalbim oʻgʻrisi”, “Poyga”, “Na sen bilasan, na men” kabi mashhur filmlarda ijro etgan rollari orqali yaxshi tanish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring