Bolalikning soʻnggi kunlari
13-avgust — Oʻzbekiston xalq shoiri
Usmon Azim tavallud topgan kun
U bahorni kutdi intizor,
Yoʻllariga kuz tutdi ilhaq.
Quyosh chiqsa, erib bitsa qor,
Toʻyib-toʻyib oʻynardi chillak.
Kelib qoldi bahor ham mana,
Dalalarga sochib lolalar.
Tepalikda quvonch-tantana —
Chillak oʻynab ketdi bolalar.
Kutib oldi uni ham shoʻxlik.
Ochganicha keng quchogʻini,
Nimagadir shoʻxlik ham qiziq!
Bosolmadi dil chanqogʻini.
Doʻstlariga boqdi u hayron,
Doʻstlar chillak oʻynar berilib,
Bola koʻngli boʻlgancha vayron.
Bir zumgina qoldi termulib.
Soʻngra sirli xayolga choʻmib,
Chiqib ketdi dala tomonga.
Lolalarga oʻzini koʻmib,
Uzoq-uzoq boqdi osmonga.
Voy-boʻy!.. Osmon bunchalar tiniq!
Sofligiga ne boʻlar qiyos?
Oʻylab ketdi, oʻyladi... qiziq,
Qiz koʻziga oʻxsharkan bir oz...
U kechgacha qoldi shu koʻyi,
Uzun-uzun xayollar surdi.
Tepalikda boʻlsa kun boʻyi,
Bolaligi hayqirib turdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring