Bogʻdorchilikning ruhiy va jismoniy salomatlik uchun foydaliligi isbotlandi
Arxiv foto
Bogʻdorchilik nafaqat qiziqarli xobbi, balki insonning ruhiy va jismoniy salomatligini yaxshilashga hissa qoʻshadigan kuchli, koʻp komponentli vosita ham hisoblanadi.
Ruminiyaning Kluj shahridagi Qishloq xoʻjaligi fanlari universiteti va London Qirollik kollejidan tadqiqotchilar 40-yillik ilmiy maʼlumotlar toʻplamini tahlil qilib, quyidagilarni tasdiqladi: bogʻdorchilik insonda depressiya va bezovtalik darajasini pasaytiradi, kayfiyat va kognitiv funksiyalarni oshiradi. Bogʻdorchilik dasturlari ishtirokchilarining umumiy farovonligi 55 foizga oshgan.
Bogʻdorchilik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan jismoniy faollik endorfinlar (ularni koʻpincha “baxt gormoni” deb atashadi) ishlab chiqarilishiga va inson organizmida yalligʻlanishning kamayishiga yordam beradi. Tabiat bilan muntazam aloqada boʻlish stress darajasini pasaytirishga ham koʻmaklashadi va diqqatni jamlashni yaxshilaydi, oʻsimliklarni parvarish qilishda yuzaga keladigan idroklilik esa bezovtalikni yengishda asqatadi. Bogʻdorchilik bilan shugʻullanish jarayonida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar jamoaviylik tuygʻusini mustahkamlaydi.
Bogʻdagi yumushlarni bajarishga odatlangan keksalar xotirasi yaxshilangani va yolgʻizlik hissi kamayganini taʼkidlaydi. Bogʻdorchilikka mehr qoʻyish orqali ruhiy salomatligi bilan bogʻliq muammolari bor odamlar ham sezilarli ijobiy oʻzgarishni boshdan kechiradi. Hatto yurak xastaliklari kabi surunkali kasalliklar ham sogʻlom ovqatlanish va faol turmush tarzi tufayli kamroq namoyon boʻla boshlaydi.
Garchi tadqiqot bolalarni qamrab olmagan boʻlsa-da, avvalgi ilmiy ishlar shuni koʻrsatadiki, bogʻdorchilik ularga ham, masalan, yaxshiroq oʻqish uchun diqqatni jamlash mashqi sifatida yordam berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring