Bobotogʻ bagʻrida qish qoʻynida bahor mujdasi yangradi
Qish fasli endigina oʻz hukmini oʻrnata boshlagan bir pallada, mamlakatimiz janubida tabiat yana bir bor oʻz moʻjizasini namoyon etdi. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tasarrufidagi Bobotogʻ milliy tabiat bogʻida boychechak gul ochdi.
Qor hidi kelib turgan, sovuq nafasi sezilayotgan kunlarda boychechakning yer bagʻridan bosh chiqarishi shunchaki gul ochishi emas. Bu — bahor elchisining ilk salomi, tabiatning hayotga boʻlgan muhabbati va uzluksiz davom etish ramzi.
Asrlar davomida boychechak sabr, umid va yangilanish timsoli boʻlib kelgan. U sovuqqa taslim boʻlmay, yer bagʻridagi quvvatni his etgan holda birinchi boʻlib boʻy koʻrsatadi. Bobotogʻ bagʻrida ochilgan bu nozik gul ham insonga bir haqiqatni eslatadi: tabiat qachon uygʻonishini oʻzi biladi.
Bu manzara nafaqat koʻzni quvontiradi, balki atrof-muhitni asrash, milliy tabiat bogʻlarini muhofaza qilish naqadar muhim ekanini yana bir bor anglatadi. Chunki shunday noyob goʻzalliklar — bizning kelajak oldidagi masʼuliyatimizdir.
Qish qoʻynida ochilgan boychechak esa shuni deydi: bahor albatta keladi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring