BMT tashkiloti va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi oʻrtasida kelishuv imzolandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga taʼsirini baholash dasturi» loyihasi doirasida bioxilma-xillikni koʻpaytirish hamda global atrof-muhit uchun ishlab chiqarish landshaftlarida ekotizimlarni saqlash va tiklash maqsadida qiymati 1,1 mln. AQSH dollari miqdorida kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuv orqali mamlakat boʻyicha tanlab olingan hududlarda sugʻoriladigan va lalmikor yer maydonlarining landshaftida barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun ilgʻor va barqaror texnologiyalarni joriy etish koʻzda tutilmoqda. Shuningdek bioxilma-xillikni saqlash va yaxshilash boʻyicha hamda ulardan oqilona foydalanish uchun samarali boshqarish amaliyotlari maydonini 50 000 ga yetkazilishi belgilanmoqda.
Ishlab chiqarish landshaftlarida ekotizimlarni saqlash va tiklash hamda qishloq xoʻjaligini teng ravishda qoʻllab-quvvatlash orqali Global atrof-muhit yaxshilanishi koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, ushbu sohada erishilgan eng yaxshi amaliyot hamda yaratilgan innovatsiyalar keng targʻib qilinadi.
Hukumat tomonidan vujudga kelgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida yaroqlilik tahlili yondashuvi hamda mezonlari asosida yerdan foydalanish boʻyicha eksklyuziv, genderga bogʻliq tavsiyalar beriladi. Pirovard natijada qishloq xoʻjalik ekinlaridan va yerdan foydalanishni diversifikatsiya qilishda barqaror ekotizimlar uchun asos yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring