Biz raqib tanlamaymiz. Raqiblar bizdan qoʻrqsin — Dragan Cheran
Bugun, 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Superligasining 2026-yilgi mavsumiga qurʼa tashlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Ushbu jarayon haqida Oʻzbekiston chempionatining 6 karra toʻpurari boʻlgan Dragan Cheran “Andijon” klubining matbuot xizmatiga kichik intervyu berdi. Jurnalistning “Birinchi turda bizga kim raqib boʻlishini xohlaysiz?” degan savoliga serb futbolchisi quyidagicha javob bergan:
“Menga birinchi turda kim raqib boʻlishining qizigʻi yoʻq. Istalgan raqib bilan oʻynay olamiz. Biz hech kimdan qoʻrqmaymiz. Biz mavsumga tayyormiz. Kerak boʻlsa, raqiblar bizdan qoʻrqsin”.
Maʼlumot uchun, qurʼa tashlash marosimi bugun soat 19:00 da start oladi. Jarayon “Futbol TV” orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring