Birja savdolariga chiqarilayotgan benzin hajmi oshiriladi — Energetika vazirligi
“Oʻzbekneftgaz” AJ birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmini talabga qarab yetarli darajada oshiradi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Mazkur xabar sovuq havo oqimi natijasida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (metan zapravkalar) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilayotgani fonida eʼlon qilindi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilarning avtobenzinga boʻlgan talabini toʻliq qondirish masalasi davlat nazoratiga olinib, barcha zaruriy choralar koʻrilgan. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.
Shu oʻrinda, vazirlik, xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan toʻgʻri sotishlarini soʻragan. Taʼkidlanishicha, nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring