Binyamin Netanyaxu Isroil dushmanlariga kuchli zarba berishini vaʼda qildi

16:49 20 Oktyabr 2023 Dunyo
468 0

Foto: Global Look Press

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu frontga tashrifi va “Golani” elita piyodalar brigadasi bilan uchrashuvi chogʻida mamlakat oʻz dushmanlariga kuchli zarba berishini aytdi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.

“Biz gʻalaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Butun Isroil siz bilan birga, biz gʻalaba qozonish uchun dushmanlarimizga qattiq zarba beramiz”, dedi bosh vazir.

Avvalroq Netanyaxu X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Isroil mudofaa kuchlari askarlari bilan Gʻazo sektoriga bostirib kirishga tayyorligi aks etgan videoni joylagan edi. Siyosatchi, shuningdek, Falastinga qattiq zarba berish va Falastin — Isroil mojarosida gʻalaba qozonishga ishonch bildirdi.

Bungacha, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Gʻazo sektoriga 50 yil davomida esda qoladigan “misli koʻrilmagan javob” berilishini aytgandi.

Uning taʼkidlashicha, urush qoidalari oʻzgargan. Gʻazo sektori toʻlashi kerak boʻlgan badal juda katta boʻladi. Anklavdagi voqelik avlodlar uchun oʻzgaradi.

Oldinroq, Livan progressiv sotsialistik partiyasining sobiq raisi Valid Jumblat Amerika Qoʻshma Shtatlarini Falastin — Isroil mojarosi atrofidagi vaziyatning yomonlashishiga hissa qoʻshayotganlikda ayblagan edi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSH siyosati Isroilni, jumladan, mintaqaning shimoliy qismini anneksiya qilishni maqsad qilgan Gʻazo sektoridagi quruqlikdagi operatsiya rejalarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Shu oʻrinda Valid Jumbulat Isroilning ehtimoliy bosqiniga Eron va Livandagi “Hizbulloh” guruhi javob berishi mumkinligini taʼkidlab oʻtdi.

Amerikalik siyosatshunos Konstantin Bloxin Siyosatshunos AQSHning Yaqin Sharqdagi asosiy maqsadini ochib bergandi. Uning taʼkidlashicha, agar Eron Isroil va HAMAS oʻrtasidagi mojaroga tortilsa, Amerika Qoʻshma Shtatlari, avvalo, Tehronni zaiflashtirishga harakat qilib, Yaqin Sharq xaritasini qaytadan chizish imkoniyatini qoʻldan boy bermaydi.

Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va Isroil hududiga havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga olgan. Shu fonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi.

Isroil mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi. Isroil havo kuchlari Gʻazo sektoriga yuzlab zarbalar berdi. Ushbu hududga suv, oziq-ovqat, elektr va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер