Berlinda Xalqaro notariuslar Kongressi: yangi aʼzolar va Oʻzbekistonning nufuzi

Bugun, 2-oktyabr kuni Germaniya poytaxti Berlin shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqining (XNI) 31-Kongressi ish boshladi.
Kongressning 2-oktyabr kungi qaroriga muvofiq, Burundi Notarial palatasi Ittifoqning 92-aʼzosi, Qirgʻiziston Respublikasi Notarial palatasi esa 93-aʼzo sifatida qabul qilinib, bu ikki davlat notarial hamjamiyatning toʻlaqonli ishtirokchisiga aylangan.
Kongressda Germaniya Konstitutsion sudi raisi d-r Shtefan Xarbarte, Germaniya Isteʼmolchilarni himoya qilish va adliya federal vaziri, d-r Stefani Xubit, Berlin shtatining isteʼmolchilarni himoya qilish va adliya boʻyicha senatori, d-r Foler Balenberg ishtirok etdi va ishtirokchilarni qutladi.
Kongressda har ikkala davlat notariat tizimlarining XNIga aʼzo boʻlish jarayonida Oʻzbekiston Notarial palatasining faol va tashabbuskorlik bilan koʻmaklashgani alohida qayd etildi. Aytish joizki, ayni paytda Oʻzbekistonning notarial tizimi nafaqat milliy, balki xalqaro maydonda ham yuksak nufuzga ega boʻlib bormoqda.
Maʼlumot uchun, Xalqaro notariuslar ittifoqi — dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidagi notariuslarni birlashtirgan yirik tuzilma boʻlib, u huquqiy xavfsizlikni taʼminlash, davlatlar oʻrtasida huquqiy hamkorlikni mustahkamlash va jahon miqyosida notarial amaliyotni uygʻunlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ittifoq aʼzoligi esa davlatlar uchun xalqaro huquqiy maydonda nufuz va ishonch timsoli hisoblanadi.
Berlindagi Kongressda qabul qilingan qarorlar, shubhasiz, notariat sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytiradi va yangi tashabbuslarga yoʻl ochadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring