Berlinda katta elektr uzilishi: qariyb 50 ming uy toksiz qoldi
Germaniya poytaxti Berlin shahrining janubi-gʻarbiy qismida yirik elektr uzilishi sodir boʻldi. Hodisa oqibatida taxminan 50 mingga yaqin uy xoʻjaliklari hamda 2 ming atrofidagi tijorat obyektlari elektr taʼminotisiz qolgan.
“Stromnetz Berlin” elektr tarmoqlari operatorining maʼlum qilishicha, hozirda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va ular kechqurunga qadar davom etishi kutilmoqda.
Kompaniya axborotiga koʻra, elektr uzilishiga yongʻin sabab boʻlgan. Bu maʼlumotni politsiya ham tasdiqlab, taqsimlash podstansiyasida yongʻin chiqqanini bildirgan.
Elektr taʼminotidagi uzilish shaharning bir nechta tumanlari va oʻnlab koʻchalariga taʼsir koʻrsatgan. Berlin politsiyasi X ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida mazkur hodisa nafaqat elektr energiyasi, balki mobil aloqa hamda statsionar telefon xizmatlarida ham vaqtinchalik uzilishlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring