Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bepul kinonamoyishlarga start berildi.
Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o‘zbek filmlarining namoyishini “Muhabbat bahori” filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.
Filmda ikki ijodkor — O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot yo‘llari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, ularning orzu va armonlari, Hamid Olimjon vafotidan keyingi Zulfiyaxonimning ichki kechinmalari, umid va shijoatga to‘la hayot yo‘li o‘ziga xos badiiy rakursda tasvirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring